Germaniyadan Shveytsariyaga tarjimalar solingan xatni jo‘natayotib „Straße“ni (o‘zb.: ko‘cha) „Strasse“ deb yozilishiga e’tibor berib yurardim. Endi esa 2006 yildan beri qo‘llanayotgan imlo 2017 yilning iyun oyi yangilanibdi. Yangi imloni Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, Lixtenshteyn va Belgiyadan tegishli davlat idoralari birga tayyorlashgan.
Asosiy o‘zgarishlar quyidagicha: (1) „ß“ va „ss“ bir xil qo‘llanishi mumkin, masalan, pasportlarda ism-shariflarni yozayotganda, Petra Preußer = Petra Preusser; (2) Sifatlar kontekstga qarab bosh harf bilan yozilishi mumkin, masalan, die Goldene Hochzeit, alles Gute im Neuen Jahr; (3) Alohida so‘zlarning yozilishi osonlashgan va nemis tilining tabiiy rivojlashiniga moslashgan zamonaviy imloga ruxsat berilgan.
Yangi imlo qoidalarini va asosiy so‘zlar ro‘yxatini quyida ko‘rishingiz mumkin (bepul):
Qoidalar (Regeln)
So’zlar (Wörterverzeichnis)
„Duden“ nashriyoti esa so‘zlarning to‘liq ro‘yxatini lug‘at ko‘rinishida sotuvga chiqargan (26 yevro): Duden – Die deutsche Rechtschreibung, 27. Auflage
Bu ma’lumotlar nemis tilida ilmiy ish yozayotgan studentlarga va barcha savodxonlarcha yozishga e’tibor beruvchilarga foydali bo‘ladi degan umiddaman.
Ishlaringizga omad tilab qolaman!
Gulira’no Maripova
Vakolatli tarjimon DE-UZ-RU
Bonn, 06.09.2017